“Liverpul” yozda Frimpongga o‘rinbosar izlagan — manba
“Liverpul” yozgi transfer oynasida o‘ng qanot himoyasini kuchaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. Klubda Jeremi Frimpongning o‘yiniga nisbatan ayrim shubhalar paydo bo‘lgani sabab yangi himoyachi variantlari o‘rganilgan. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Mersisaydliklar ko‘rib chiqqan futbolchilardan biri italiyalik Marko Palestra bo‘lgan. Biroq 20 yoshli himoyachi yakunda “Chelsi”ga ko‘chib o‘tdi. Shundan so‘ng “Liverpul” londonliklar safidagi Malo Gyustoni ijaraga olish imkoniyatini ham o‘rgangan.
“Chelsi” esa Gyustoni faqat to‘liq transfer asosida qo‘yib yuborishga tayyor bo‘lgan va shu sabab kelishuv amalga oshmagan. Natijada “Liverpul” yangi o‘ng qanot himoyachisini sotib olmadi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Frimpong joriy mavsumda “Liverpul” safida barcha musobaqalarda 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan va hozircha gol yoki golli uzatma qayd etmagan.