locale OZ

«Liverpul» yozda bir qator yetakchi futbolchilari bilan xayrlashishga tayyor

Tarkibdagi ommaviy oʻzgarishlar Salohdan boshlanishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» yozda bir qator yetakchi futbolchilari bilan xayrlashishga tayyor
FOTO: Getty Images

«Liverpul» klubi kelayotgan yozgi transfer oynasida besh-olti nafar futbolchisini sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, tarkibdagi ommaviy o‘zgarishlar o‘zining jamoadagi holatidan norozi bo‘layotgan hujumchi Muhammad Salohdan boshlanishi mumkin. Misrlik yulduzdan tashqari, klub rahbariyati shartnomasi yozda yakuniga yetadigan himoyachi Endryu Robertsonning kelajagini ham muhokama qilmoqda.

Klubdagi faoliyati so‘roq ostida turgan boshqa futbolchilar haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:

  • Ibraima Konate: «Qizil lar» himoyachiga yangi shartnoma borasida o‘ylab ko‘rish uchun aprel oyi boshigacha vaqt bergan.
  • Federiko Kyeza: Ikki mavsum davomida bosh murabbiy Arne Slotning ishonchini qozona olmagan vinger bo‘yicha kelib tushadigan takliflar ko‘rib chiqiladi.
  • Kertis Jons: Garchi Slot ushbu yarim himoyachiga ishonsa-da, futbolchining transfer narxi yuqoriligi sababli klub uni sotib yuborish variantini istisno qilmayapti.
  • Jozef Gomes: Himoyachining kelajagi ko‘p jihatdan Konatening holatiga bog‘liq. Gomesga jamoada berilayotgan kam o‘yin vaqti ma’qul kelmayapti.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» ayni damda UEFA Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘llanma olgan va mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashga harakat qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting