locale OZ

“Liverpul” Yankuba Minte uchun 58,5 million yevro taklif qildi

Biroq “Brayton” mersisaydliklarning dastlabki taklifini rad etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” Yankuba Minte uchun 58,5 million yevro taklif qildi — “Brayton” rad etdi
Foto: Getty Images

“Liverpul” “Brayton” vingeri Yankuba Minteni o‘z safiga qo‘shib olish uchun 50 million funt, ya’ni taxminan 58,5 million yevro taklif qildi. Biroq “Brayton” mersisaydliklarning dastlabki taklifini rad etdi.

Manbaga ko‘ra, “Liverpul” yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar kamida bitta yangi qanot futbolchisini sotib olishni rejalashtirmoqda. 22 yoshli gambiyalik Minte klub ko‘rib chiqayotgan asosiy variantlardan biri. “Brayton” esa futbolchini sotishga shoshilmayapti.

Minte ayni paytda oyoq jarohati sabab safdan chiqqan va uning taxminan ikki oy maydonga tusha olmasligi kutilmoqda. Shunga qaramay, xabarlarga ko‘ra, futbolchining o‘zi “Liverpul”ga o‘tish variantiga ijobiy qaramoqda.

Ma’lumot uchun, Yankuba Minte o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etdi. Uning “Brayton” bilan shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting