locale OZ

“Liverpul” yana bir yetakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi - Romano

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” yana bir yetakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi - Romano
FOTO: Getty Images

“Liverpul”ning gollandiyalik himoyachisi Virjil van Deyk mersisaydliklar bilan 2027-yilning yozigacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Van Deyk joriy mavsum APL'da 31 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 33 yoshli himoyachi 2018-yildan buyon “qizillar” safida o'ynab kelmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Liverpul” 32 yoshli misrlik hujumchi Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qilgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting