locale OZ

“Liverpul” yana bir futbolchi transferini hal qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” yana bir futbolchi transferini hal qildi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining amaldagi chempioni “Liverpul” “Bornmut” himoyachisi Milosh Kerkezni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar 2030-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Uning transfer narxi taxminan 45 million yevroni tashkil qiladi.

Ma'lumot uchun, Kerkez o'tgan mavsum barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting