locale OZ

«Liverpul» Yan Diamondni nishonga oldi — Plettenberg

Mersisaydliklar «Leypsig» hujumchisini Salohga munosib oʻrinbosar sifatida koʻrmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Yan Diamondni nishonga oldi — Plettenberg
FOTO: Getty Images

«RB Leypsig» hujumchisi Yan Diomand «Liverpul»ning asosiy transfer maqsadiga aylangan. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Ingliz klubi ushbu futbolchini Muhammad Salohga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Hozirda klub o‘yinchi vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda, biroq yakuniy kelishuvga hali erishilmagan.

O‘z navbatida, «RB Leypsig» hujumchining maoshini qayta ko‘rib chiqish va u bilan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor. Avvalroq futbolchiga «Pari Sen-Jermen» jamoasi ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda Diomand barcha turnirlar doirasida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yinchining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting