locale OZ

«Liverpul» Xitoyda 22-chakana savdo doʻkonini ochdi

Dunyodagi hech bir klub bunday keng global savdo tarmogʻiga ega emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Xitoyda navbatdagi 22-chakana savdo doʻkonini ochdi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Liverpul» klubi joriy hafta Xitoyning Shenchjen shahrida oʻzining 22-rasmiy chakana savdo do'konini ochdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, dunyodagi hech bir boshqa futbol klubi yoki Amerika sport franchayzasi bunday keng global savdo tarmogʻiga ega emas.

«Liverpul»ning bugungi moliyaviy barqarorligi amerikalik Fenway Sports Group investitsion kompaniyasi faoliyati bilan chambarchas bogʻliq. Mazkur kompaniya 2010 yilda klubni oʻz nazoratiga olgan edi.

Shundan soʻng Fenway Sports Group klubni tubdan isloh qilishni yoʻlga qoʻydi — infratuzilmani yaxshilash, jamoaning sport strategiyasini kuchaytirish va moliyaviy holatni sogʻlomlashtirish borasida izchil ishlar olib borildi.

Yangi homiylik shartnomalari, marketing siyosatini rivojlantirish hamda maydondagi muvaffaqiyatli natijalar evaziga klubning daromadlari oshdi, qarzlari kamaydi va tijoriy ko‘rsatkichlari ancha yaxshilandi.

Moliyaviy barqarorlik davridan soʻng «Liverpul» yirik sport yutuqlariga erishdi — Chempionlar ligasi va Angliya Premyer-ligasida gʻalaba qozonib, yana jahon futbolining eng kuchli klublar qatoriga qaytdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting