«Liverpul» Xabi Alonso bilan ogʻzaki kelishuvga erishdi — manba
«Liverpul» klubi kelgusi mavsum uchun bosh murabbiy izlash jarayonida ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso nomzodini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. OK Diario nashrining xabar berishicha, tomonlar o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishilgan va uch yillik shartnoma imzolash imkoniyati muhokama qilinmoqda.
Ushbu kelishuvning yakuniy amalga oshishi jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Arne Slotning mavsum yakunidagi natijalariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Xususan, agar «Liverpul» joriy mavsumda UEFA Chempionlar Ligasida g‘olib chiqsa, Xabi Alonso bilan tuzilgan mazkur og‘zaki kelishuv o‘z kuchini yo‘qotishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, klub vakillari va Alonso atrofidagilar o‘rtasidagi dastlabki noformal muloqotlar o‘tgan yilning noyabr oyi oxirida boshlangan. O‘sha vaqtda ispaniyalik murabbiy o‘zining oldingi ish joyida bosim ostida qolgan edi. Shu sababli «Liverpul» rahbariyati kelgusi mavsum uchun zaxira varianti sifatida aynan Xabi Alonsoni ko‘rib chiqa boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso «Real» klubidagi birinchi mavsumidayoq, joriy yilning yanvar oyi o‘rtalarida iste’foga chiqarilgan edi.