locale OZ

«Liverpul» «Volfsburg» himoyachiga qiziqish bildirmoqda

Shuningdek, «Tottenhem» ham ushbu futbolchiga daʼvogarlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» «Volfsburg» himoyachiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Liverpul» Germaniyaning «Volfsburg» klubi himoyachisi Konstantinos Kulerakisga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, mersisaydliklar 21 yoshli gretsiyalik futbolchini Ibrahima Konatega oʻrinbosar sifatida ko'rmoqda. Avvalroq matbuotda «Real» fransiyalik himoyachiga jiddiy qiziqish bildirayotgani va u yozda «Liverpul»ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Shuningdek, yosh grek futbolchisiga «Tottenhem» ham qiziqish bildirmoqda.

Maʼlumot uchun, Kulerakis joriy mavsum barcha turnirlarda 10 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting