«Liverpul» Vitinyag jiddiy qiziqish bildirmoqda
Angliyaning «Liverpul» klubi «PSJ» yarimhimoyachisi Vitinya oʻyinini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, mersisaydliklar skautlari 25 yoshli portugaliyalik futbolchini Yevropaning eng texnik jihatdan iqtidorli yarimhimoyachilaridan biri sifatida baholashmoqda.
Xabarda aytilishicha, «PSJ» Vitinyani qoʻyib yuborishga tayyor, biroq buning uchun kamida 130 million yevro miqdorida taklif kelishi kerak. Shu bilan birga, futbolchiga «Liverpul»dan tashqari «Yuventus» va «Arsenal» klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Maʼlumot uchun, Vitinya joriy mavsum barcha turnirlarda 16 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 90 million yevroga baholanmoqda.