locale OZ

«Liverpul» Virtsni ijaraga berish variantini ko‘rib chiqishi mumkin

Uning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan.
«Liverpul» Virtsni ijaraga berish variantini ko‘rib chiqishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Liverpul» nemis yarim himoyachisi Florian Virtsni ijaraga berish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Mersisayd klubi rahbariyati yanvar oyidagi transfer oynasi vaqtida 23 yoshli futbolchi bo‘yicha takliflarni kutib qolmoqda. «Qizillar» Virtsni Germaniya Bundesligasiga qaytarish variantini ham ko‘rib chiqishga tayyor. Nemis futbolchisi avval Leverkuzenning «Bayer» klubi safida muvaffaqiyatli to‘p tepgan.

Shu bilan birga, «Liverpul» Virtsni to‘liq transfer asosida sotishni rejalashtirmayapti. Klub futbolchini ijaraga berish orqali uning o‘yin amaliyotini tiklashi yoki kelajakda jamoaga qaytarishi mumkin.

Ayni paytda Florian Virtsning bozor qiymati 100 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan.

Germaniyalik yarim himoyachi joriy mavsumda APLda 4 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting