locale OZ

«Liverpul» Virts bilan xayrlashishi mumkin

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Virts bilan xayrlashishi mumkin
Фото: Getty Images

«Liverpul» hujumkor yarim himoyachi Florian Virtsni 2027-yil yozida, agar unda kutilgan o‘sish kuzatilmasa, sotishga tayyor. Shu bilan birga, 23 yoshli yarim himoyachining qishki transfer oynasida jamoani tark etishi istisno qilinmagan. Bu haqda Bild xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Virtsning boshqa klubga o‘tishiga uning yiliga 20 million yevro maoshi to‘sqinlik qilishi mumkin. Biroq «Manchester Siti», «Arsenal» va «Chelsi» bu moliyaviy shartlarni qanoatlantirishga qodir.

Germaniyalik futbolchi 2025-yil yozida «Liverpul»ga o‘tgan. Shu vaqt davomida Virts barcha musobaqalarda 55 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 100 million yevroni tashkil etadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting