“Liverpul” Vinisiusni tekinga qo‘lga kiritmoqchi
Ispaniyaning De Mon nashri xabariga ko‘ra, Angliyaning “Liverpul” klubi “Real Madrid” vingeri Vinisius Juniorning shartnoma holatini diqqat bilan kuzatmoqda. Mersisaydliklar braziliyalik futbolchini kelajakda erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, Vinisiusning “Real” bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralari hozircha yakuniga yetmagan. Agar tomonlar kelisha olmasa va futbolchi amaldagi bitimini uzaytirmasa, u shartnoma muddati tugagach Madrid klubini erkin agent sifatida tark etishi mumkin.
“Liverpul” esa aynan shu vaziyatdan foydalanishni rejalashtirmoqda. Biroq hozircha bu borada rasmiy muzokaralar yoki kelishuv mavjud emas. Gap faqat klubning futbolchi holatini kuzatayotgani haqida ketmoqda.