«Liverpul» Vataru Endoni qishda sotishi mumkin
«Liverpul» rahbariyati yarim himoyachi Vataru Endo bo‘yicha qishki transfer oynasida keladigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, klub ayni vaqtda Endoning ehtimoliy ketishidan keyin markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish variantlarini ham o‘rganmoqda.
33 yoshli yapon futbolchisi joriy mavsumda APLda biror daqiqa ham maydonga tushmadi. U chempionatning dastlabki to‘rtta uchrashuvida zaxirada qoldi. Bundan tashqari, Endo «Liverpul»ning Chempionlar ligasi uchun ro‘yxatidan ham joy olmadi.
Futbolchining shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Shu bois yanvar oyidagi transfer oynasi «Liverpul» uchun undan transfer mablag‘i ishlab olishning so‘nggi imkoniyati bo‘ladi.
Manbaga ko‘ra, Endoning o‘rniga ko‘rib chiqilayotgan nomzodlardan biri — «Fiorentina» yarim himoyachisi Sher N'Dur.