\"Liverpul\" va \"Napoli\" De Bruyne uchun kurashga qo‘shildi
Photo: Getty Images
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bruyne uchun da’vogar jamoalar soni ortmoqda. Bu haqda Gianluca Di Marzio xabar berdi.
Qayd etilishicha, futbolchiga “Liverpul” va “Napoli” ham qiziqish bildirgan. Bu jamoalar allaqachon belgiyalik xavbekning vakillari bilan bog‘lanishgan.
Shuningdek, unga MLSning bir qator jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. “Chicago Fire” asosiy da’vogar sifatida qaralmoqda.
Ma’lumot uchun, De Bruyne “shaharliklar” safida barcha turnirlarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta assistga mualliflik qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist