«Liverpul» va «Manchester Yunayted» Tchuamenini kuzatmoqda
"Liverpul" va "Manchester Yunayted" Madridning "Real" klubi tayanch yarim himoyachisi Orelen Tchuamenini kuzatmoqda. Agar "qaymoqranglilar"ning potensial yangi bosh murabbiyi oʻyinchini sotishga qaror qilsa, ikkala klub ham 26 yoshli futbolchiga boʻlgan qiziqishni kuchaytirishi mumkin. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, fransiyalik yarim himoyachining amaldagi shartnomasi yana ikki yilga moʻljallanganini hisobga olib, uning xizmatlariga qiziqayotgan klublar taxminan 80-90 million yevro toʻlashiga toʻgʻri keladi. Taʼkidlanishicha, "Real" rahbariyati Tchuameni bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 45 ta oʻyinda ishtirok etib, ikkita gol va ikkita golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi. Transfermarkt portalida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, futbolchining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.