locale OZ

«Liverpul» va «Chelsi» Sven Botmanga qiziqish bildirmoqda

Mersisaydliklar yaqin vaqt ichida muzokaralarni boshlashni rejalashtirgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» va «Chelsi» Sven Botmanga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Liverpul» va «Chelsi» «Nyukasl» markaziy himoyachisi Sven Botmanga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, mersisaydliklar yaqin vaqt ichida 25 yoshli futbolchini qoʻlga kiritish uchun harakat boshlashi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, «Nyukasl» rahbariyati oʻzining asosiy himoyachisini qoʻyib yuborish niyatida emas. Klub sport direktori uchun Botman bilan yangi shartnoma boʻyicha muzokaralarni boshlash — ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, Botman joriy mavsum barcha turnirlarda 13 ta oʻyinda maydonga tushdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting