locale OZ

«Liverpul» va «Chelsi» ekvadorlik himoyachiga qiziqish bildirmoqda

Shuningdek, «Man Siti» va «Tottenhem» ham vaziyatni kuzatib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» va «Chelsi» ekvadorlik himoyachiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

So‘nggi haftalarda «Liverpul» va «Chelsi» klublari Ekvador milliy jamoasi hamda «Bryugge» himoyachisi Xoel Ordonesning vakillari bilan bog‘lanib, futbolchining yanvar oyida transfer qilish imkoniyatini muhokama qilgan. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchiga so‘nggi paytlarda «Manchester Siti» va «Tottenhem» klublari ham qiziqish bildirgan.

Joriy mavsumda Ordones barcha musobaqalar doirasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifi bo‘lgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting