«Liverpul» Uortonga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.
ФОТО: Getty images
«Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uorton faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar Uortonni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Kutilishicha, futbolchi yaqin ikki transfer oynasidan birida «Kristal Pelas»ni tark etishi mumkin.
Joriy mavsumda Adam Uorton barcha musobaqalar hisobida to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.