«Liverpul» Tsimikasni «Roma»ga qo'yib yuborishga tayyor
Фото: Getty Images
"Liverpul" chap qanot himoyachisi Kostas Tsimikasni ijaraga berish variantini ma’qulladi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, gretsiyalik 29 yoshli futbolchiga "Roma" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Rim klubi yagona da’vogar ekani aytilmoqda.
Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. "Roma" sotib olish shartisiz ijaraga olishi mumkin. "Bo'rilar" rahbariyati kelishuvga to‘laqonli transfer variantini qo‘shmoqchi.
Futbolchining "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning qiymati Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 18 mln yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist