locale OZ

«Liverpul» Trentni ortga qaytarishi mumkin

Angliyalik futbolchi "Real"da o‘zini erkin his qilmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Trentni ortga qaytarishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Liverpul” klubi “Real” himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni ortga qaytarishni ko‘rib chiqishni tavsiya qildi. Bu haqda jurnalist Anjelina Kelli ma’lum qildi.

“Futbolchi klubga xiyonat qilgandek tuyulganda muxlislar nimalar his qilishini yaxshi tushunaman. Ayniqsa, u klub tarbiyalanuvchisi bo‘lsa va siz "Liverpullik" bo‘lsangiz. Ammo "Real" kabi klub taklif bilan chiqsa, unga rad javobini berish oson emas. U Madridga o‘tdi, lekin ishlar kutilgandek ketmadi.

"Liverpul"ga yangi o‘ng qanot himoyachisi kerakmi? Menimcha, Jeremi Frimpong o‘tgan mavsumda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olmadi, ehtimol, u hujumga yaqinroq pozitsiyada samaraliroqdir. Konor Bredli esa jarohat olgan. Shu sababli klub Trentning vaziyatini o‘rganib chiqishi kerak. Uni darhol qaytarish kerak demayapman, ammo bu variantni ko‘rib chiqish lozim.

Qolaversa, "Real" Denzel Dumfrisni ham o‘ng qanot himoyachisi sifatida olib keldi. Bu Trent uchun yaxshi yangilik emas. Nega endi barcha tomonlar vaziyatga xolisona yondashmasligi kerak?

Agar Trent "Liverpul"ga qaytsa, bir nechta muhim o‘yinlarda yaxshi o‘ynab, gol ursa yoki golli uzatmalar bersa, jamoaga Premer-liga yoki Chempionlar ligasida katta yutuqlarga erishishga yordam bersa, bu uning muxlislar oldida o‘zini oqlashi uchun eng yaxshi yo‘l bo‘lardi.

Menimcha, insonlar ba’zan ikkinchi imkoniyatga loyiq bo‘ladi. Trent ham shunday futbolchilardan biri. Shu bois "Liverpul" uni qaytarish masalasini jiddiy ko‘rib chiqishi kerak”, — dedi Kelli talkSPORT'ning Transfer Insiders dasturida.

Eslatib o‘tamiz, Trent Aleksander-Arnold o‘tgan yozda “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortib, erkin agent sifatida “Real” safiga qo‘shilgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting