“Liverpul” Trent o'rniga “Bayer” yulduzini olib kelmoqchi
Leverkuzenning “Bayer” klubi o'ng qanot himoyachisi Jeremi Frimpong faoliyatini APL'da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Give Me Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Liverpul” Frimpongga qiziqish bildirmoqda va uni joriy mavsum oxirida jamoani tark etadiga Trent Aleksandr-Arnold o'rniga olib kelmoqchi.
Qayd etilishicha, leverkuzenliklar gollandiyalik futbolchini mersisaydliklarga 30 million funtga qo'yib yuborishi mumkin. Biroq “Liverpul” Frimpong uchun “Manchester Siti” va “Seltik” bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi.
Ma'lumot uchun, Jeremi Frimpong joriy mavsum barcha turnirlarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.