locale OZ

“Liverpul” so‘nggi to‘rt mavsumdagi eng yomon natijasini qayd etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” so‘nggi to‘rt mavsumdagi eng yomon natijasini qayd etdi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
06.04.2025, Yak.
Fulhem
3
Liverpul
2

“Liverpul” Angliya Premer-ligasining 31-turidan o'rin olgan “Fulhem”ga qarshi o‘yinning (2:3) birinchi bo‘limda uchta gol o‘tkazib yubordi. Bu holat so‘nggi to‘rt yilda ilk bor qayd etildi. Bu haqda Opta Sports statistik portali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar oxirgi marta 2020-yil oktabr oyida “Aston Villa”ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida uchta gol o‘tkazib yuborgan edi. O‘shanda o‘yin 1:4 hisobida “Liverpul”ning mag‘lubiyati bilan yakunlangandi.

Eslatib o‘tamiz, “Fulhem” APL turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa 31 o‘yinda 48 ochko to‘plagan. “Liverpul” esa 31 o‘yindan so‘ng 73 ochko bilan jadvalda yakka peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting