locale OZ

«Liverpul» soʻnggi daqiqalarda urilgan gollar boʻyicha APL rekordini oʻrnatdi

Mersisaydliklar hozirda Premyer-liga turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» soʻnggi daqiqalarda urilgan gollar boʻyicha APL rekordini oʻrnatdi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 27-turi doirasida «Liverpul» safarda «Nottengem Forest» ustidan qiyin va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdagi yagona golni 90+7-daqiqada yarimhimoyachi Aleksis Makallister raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

Opta Sport taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025/2026 yilgi mavsumda «Liverpul» ishtirokidagi o‘yinlarda allaqachon 7 ta g‘alaba goli 90-daqiqadan so‘ng kiritilgan. Ularning 3 tasini «Liverpul» futbolchilari, 4 tasini esa raqib jamoalar urgan. Bu ko‘rsatkich Premyer-liga tarixida bir mavsum davomida bitta jamoa ishtirokidagi o‘yinlarda qayd etilgan eng yuqori natijadir.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Liverpul» 45 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. «Nottengem Forest» esa 27 ochko bilan 17-pog‘onadan joy olgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting