locale OZ

«Liverpul» soʻnggi 72 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi

Mersisaydliklar YChL doirasida «PSV»ga yirik hisobda magʻlub boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» soʻnggi 72 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Liverpul» klubi Chempionlar ligasi doirasida «PSV»dan 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, klub tarixidagi noxush rekordni takrorladi. Bu haqda Opta Sport ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, «Liverpul» 1953 yildan beri ilk bor barcha musobaqalarda ketma-ket uchta o‘yinda kamida uchta to‘p farqi bilan yutqazmoqda.

«PSV»ga qadar ham mersisaydliklar Premyer-ligada ketma-ket ikki bor yirik hisobda mag‘lub bo‘lishgan edi — «Nottinhem Forest» va «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinlar bir xil 0:3 hisobida yakunlangan.

Tarixda oxirgi marta bunday holat 1953 yilning dekabrida kuzatilgan. O‘sha paytda «Liverpul» ketma-ket uchta uchrashuvda yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan: «Portsmut» — 1:5, «Manchester Yunayted» — 1:5, «Vest Bromvich» — 2:5.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting