«Liverpul» Soboslay bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Angliyaning «Liverpul» klubi yarimhimoyachi Dominik Soboslay bilan yangi uzoq muddatli shartnoma boʻyicha muzokaralarni boshlash arafasida. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, 25 yoshli vengriyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan boʻlsa-da, klub uni yana ikki yilga uzaytirishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, Soboslayning maoshi ham sezilarli darajada oshiriladi.
Maʼlumot uchun, Soboslay 2023 yildan buyon «Liverpul» safida toʻp surmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, yarimhimoyachining bozor qiymati 85 million yevroni tashkil etadi.