«Liverpul» Soboslay bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha muzokaralarni boshladi
Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2028 yilning yozida yakuniga yetadi.
FOTO: Getty Images
«Liverpul» 25 yoshli yarimhimoyachisi Dominik Soboslay bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Klub asosiy futbolchini yo‘qotmaslik maqsadida unga uzoq muddatli va yaxshilangan shartlarni taklif qilmoqchi. Bu haqda Indykalia xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Soboslay klubda qolishga tayyorligini bildirgan, ammo yangi shartnoma uning amaldagi kelishuviga nisbatan ancha foydaliroq bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Joriy mavsumda yarimhimoyachi «Liverpul» safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 gol urdi va 4 assistni amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 85 mln yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist