locale OZ

«Liverpul» Soboslaiga yangi shartnoma bo‘yicha yiliga 14 million yevro to‘lashga tayyor — TeamTALK

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Soboslaiga yangi shartnoma bo‘yicha yiliga 14 million yevro to‘lashga tayyor — TeamTALK
ФОТО: Getty images

"Liverpul" yarim himoyachi Dominik Soboslaiga maosh talabini qondirishga tayyor. Bu haqda TeamTALK nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub yangi shartnomaga ko‘ra haftasiga 250 000 funt (290 000 yevro) to‘lashni rejalashtirmoqda. Klub 25 yoshli yarim himoyachining mehnat shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi Muhammad Saloh bo‘lib, u haftasiga 400 000 funt oladi.

Joriy mavsumda Soboslai barcha turnirlar doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 85 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting