«Liverpul» Soboslai bilan shartnomani uzaytirishga tayyormoqda
25 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” yarim himoyachi Dominik Soboslai bilan yangi uzoq muddatli shartnoma borasida rasmiy muzokaralarni boshlashga tayyormoqda, deya xabar bermoqda insayder Fabrizio Romano.
25 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Manba bergan xabarga ko'ra, vengriyalik futbolchining maoshi sezilarli darajada oshishi bilan shartnomasini yana ikki yilga uzaytirishi kutilmoqda.
Soboslai 2023 yilning yozidan buyon "Liverpul"da o'ynamoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 85 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist