«Liverpul» Slot o‘rniga Iraola nomzodini o‘rganib chiqmoqda – manba
Ispaniyalik mutaxassisning “Bornmut” bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Arne Slotning ehtimoliy ketishi holatida uning o‘rniga asosiy nomzod sifatida Andoni Iraolani ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Santi Auna xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ispan mutaxassisining “Bornmut” bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Uni “Liverpul”ga olib kelish masalasida klub sport direktori Richard Hyuz faol ish olib bormoqda.
Ta’kidlanishicha, mersisaydliklarni Iraolaning o‘yin uslubi o‘ziga jalb qilmoqda.
Ayni paytda Angliya chempionatida 37 turdan so‘ng “Bornmut” 56 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. “Liverpul” esa 59 ochko jamg‘arib, 5-pog‘onadan joy olgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist