locale OZ

«Liverpul» Shadeni nishonga oldi

Uning «Brentford» bilan shartnomasi 2028-yil iyunigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Shadeni nishonga oldi
Фото: Getty Images

Angliyaning «Brentford» klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida o‘ynaydigan Kevin Shade yaqinlashib kelayotgan yanvar oyidagi transferlar oynasida «Liverpul» futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Mersisayd klubi rahbariyati iqtidorli vingerni sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Shadega qiziqish mavsumni juda yaxshi boshlaganidan so‘ng paydo bo‘lgan. U chempionatning dastlabki beshta uchrashuvida uchta gol urgan va bu «Liverpul» skautlarining e’tiborini tortgan.

24 yoshli germaniyalik futbolchining Transfermarkt portalidagi qiymati 35 million yevro deb baholangan. Uning «Brentford» bilan shartnomasi 2028-yil iyunigacha amal qiladi.

Ayni paytda «Liverpul» APL turnir jadvalida 9 ochko bilan oltinchi o‘rinda bormoqda. «Brentford» ham 9 ochko jamg‘argan holda to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting