locale OZ

«Liverpul» Serj Gnabriga qiziqish bildirmoqda

«Bavariya» esa yarimhimoyachini jamoada saqlab qolmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Serj Gnabriga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Liverpul» Myunxenning «Bavariya» jamoasi yarim himoyachisi Serj Gnabriga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

30 yoshli vinger «Liverpul» safida Kodi Gakpo va Federiko Kyeza o‘ynaydigan pozitsiyani kuchaytirishi mumkin. «Bavariya» esa tajribali futbolchini jamoadan ketkazishni istamayapti va unga ikki yillik yangi shartnoma taklif qilishga tayyor.

Biroq Gnabri Myunxenda qolishni istasa, maoshining qisqarishiga rozi bo‘lishi kerak bo‘ladi. Futbolchiga «Yuventus» klubi ham qiziqish bildirgan.

Gnabri joriy mavsumda «Bavariya» tarkibida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatma qayd etdi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting