«Liverpul» Semenyo uchun qariyb 74 mln yevro to‘lashga tayyor
25 yoshli o‘yinchiga talabgorlar soni ortmoqda.
ФОТО: Getty images
"Bornmut" qanot hujumchisi Antuan Semenyo faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin. Bu ma'lumotni "Indykaila News" nashri tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar "Bornmut"ga Semenyoning 73,5 millionlik tovon pulini to‘lashga tayyor.
Futbolchiga ilgariroq “MYu” jiddiy qiziqish bildirgan. Ammo transfer narxi qimmatligi sabab uni sotib olish fikridan voz kechishgandi.
Semenyoning o‘zi jamoani tark etib, Chempionlar Ligasi darajasidagi klubga o‘tishni xohlaydi.
Ma'lumot uchun, bu mavsumda 25 yoshli vinger barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist