«Liverpul» Semenyo transferi boʻyicha muzokaralarni boshladi
«Liverpul» klubi «Bornmut» jamoasining o‘ng qanot hujumchisi Antuan Semenyo transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda Indykaila News X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «qizillar» «Bornmut»ga rasmiy taklif bilan murojaat qilgan va ayni vaqtda transfer uchun to‘lovlar tuzilmasini muhokama qilmoqda.
Qayd etilishicha, klub rahbariyati Muhammad Saloh bilan olib borilgan muzokaralar chog‘ida uni hujum chizig‘ining har ikkala qanotida ham harakat qila oladigan vinger transferi rejalashtirilayotgani haqida xabardor qilgan.
Antuan Semenyo 25 yoshda bo‘lib, u «Bornmut» safida 2023 yil yanvar oyidan buyon to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda ganalik futbolchi klub miqyosida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Transfermarkt portali Semenyoni 65 million yevroga baholamoqda.