locale OZ

«Liverpul» Semenio bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Semenio bo‘yicha muzokaralarni boshladi
ФОТО: Getty images

“Liverpul” “Bornmut” futbolchisi Antuan Semenio bo‘yicha muzokaralarni boshlagani aytilmoqda. Bu haqda The iPaper xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mersisaydliklar uni qishdaoq o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Sababi, Muhammad Saloh Afrika Millatlar Kubogiga yo‘l oladi va bu vaqtda uning o‘rnini bosa oladigan nomzod kerak bo‘ladi.

Ganalik futbolchining shartnomasidagi tovon puli miqdori 65 million yevrodan 60 million yevroga tushadi.

Semenio bu mavsum barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining narxi 55 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting