«Liverpul» Schlotterbekni kuzatishda davom etmoqda
Schlotterbekning “qora asalariylar” bilan shartnomasi 2027 yilning yozida tugaydi.
ФОТО: Getty images
Dortmundning "Borussiya" klubi va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Niko Schlotterbek faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda DaveOCKOP xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Liverpul” klubi himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar Jovanni Leoni jarohat olganidan so‘ng himoyani kuchaytirishga intilmoqda. U esa jamoaning asosiy transfer xaridi bo‘lishi kutilmoqda.
Schlotterbekning “qora asalariylar” bilan shartnomasi 2027 yilning yozida tugaydi. O‘tgan mavsumda u klub safida barcha musobaqalarda 36ta o‘yin o‘tkazib, 5ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist