«Liverpul» Schlotterbeck uchun kurashga qo‘shildi
Mersisaydliklar himoyachini Virjil van Deykka o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” klubi Germaniya terma jamoasi va “Borussiya D” himoyachisi Niko Schlotterbeckni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Get Football xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar himoyachini Virjil van Deykka o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
25 yoshli futbolchining “asalari” bilan amaldagi bitimi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Futbolchi va nemis klubi o‘rtasida yangi bitim borasida muzokaralar o‘tkazilganicha yo‘q. Agar kelishuv vaqti cho‘zilmasa, klub futbolchini sotib yuborishga tayyor.
Shuningdek, unga “Real”, “Barselona” va “Chelsi” jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist