«Liverpul» Sarr xizmatiga jiddiy qiziqib qoldi
“Liverpul” Senegal terma jamoasi hujumchisi Ismoil Sarrga qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Nevzat Dindar xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 28 yoshli vinger uchun “Galatasaroy” bilan raqobatlashishi mumkin.
Biroq “Kristal Pelas” futbolchini sotishni rejalashtirmagan. Sarrning o‘zi esa jamoadan ketishni va yangi klubga o‘tishni istamoqda.
Sarr 2026 yilgi Jahon chempionatida Senegal terma jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. U turnirdagi 4 ta o‘yinda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Hujumchi o‘tgan mavsumda “Kristal Pelas” safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi.
Sarrning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 mln yevro atrofida baholanmoqda.