locale OZ

«Liverpul» Salohning oʻrnini Isak va Virts orqali yopmoqchi — manba

Avvalroq misrlik hujumchi joriy mavsum oxirida jamoani tark etishini maʼlum qilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Salohning oʻrnini Isak va Virts orqali yopmoqchi — manba
FOTO: Getty Images

«Liverpul» klubi rahbariyati o‘tgan yozda hujumchi Aleksander Isak va hujumkor yarimhimoyachi Florian Virtsni sotib olish orqali Muhammad Salohning ketishi bilan bog‘liq muammoni qisman hal qildik, deb hisoblamoqda. Mazkur futbolchilarning transferi jamoa hujum chizig‘ini qayta qurishdagi hal qiluvchi qadam sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda jurnalist Asim xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, mersisaydliklar 33 yoshli yulduzning ketishi bilan bog‘liq bo‘shliqni shu yozda yangi vinger sotib olish orqali to‘liq bartaraf etishni rejalashtirmoqda.

Saloh 2017 yildan buyon «Liverpul» safida to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida misrlik hujumchi barcha turnirlar doirasida 435 ta o‘yinda maydonga tushib, 255 ta gol va 122 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, u mavsum yakunida jamoani tark etishini e’lon qilgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning hozirgi bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting