locale OZ

«Liverpul» Salohni vaqtincha jamoadan chetlatmoqchi

Rahbariyat bu orqali jamoa tartibini saqlamoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images

«Liverpul» rahbariyati va bosh murabbiy Arne Slot hujumchi Muhammad Salohni «qisqa muddatga jamoa ishlaridan chetlashtirish» masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Mersisayd klubi rahbarlari bu qarorda murabbiy tarafini qo‘llamoqda va jamoada tartibni saqlash maqsad qilinmoqda. Futbolchi esa, Chempionlar Ligasi doirasidagi «Inter»ga qarshi o‘yinga arizaga kiritilmagan bo‘lishiga qaramay, yaqinlashib kelayotgan o‘yinga tayyorgarlik sifatida mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

Avvalroq, Misr vakili jamoadagi o‘rnidan norozi bo‘lib, Slotni keskin tanqid qilgan edi.

Joriy mavsumda Saloh «Liverpul» safida 19 o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va uchta samarali uzatma berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting