locale OZ

«Liverpul» Salohni jamoada saqlab qolmoqchi, biroq misrlik hujumchi uzr soʻrashi kerak

Avvalroq futbolchi Arne Slot manziliga keskin fikrlar bildirgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Salohni jamoada saqlab qolmoqchi, biroq misrlik hujumchi uzr soʻrashi kerak
FOTO: Getty Images

«Liverpul» rahbariyati klub yulduzi Muhammad Salohni jamoada saqlab qolmoqchi, biroq misrlik futbolchidan bosh murabbiy Arne Slot manziliga aytgan keskin fikrlari bo‘yicha o‘z xatosini tan olishini kutmoqda. Bu haqda Indykaila News nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Salohning intervyudagi keskin bayonoti klub rahbariyatini hayratda qoldirgan. «Liverpul» rahbarlari yulduz futbolchining bu gaplar bilan nimaga erishmoqchi bo‘lganini tushunmayapti.

Avvalroq Salohga Saudiya Arabistonining bir necha top-klublari tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar chiqqandi.

Maʼlumot uchun, Saloh «Liverpul» safida 2017 yildan beri o‘ynab keladi. Shu vaqt ichida u «qizillar» bilan APL, Chempionlar Ligasi, ichki kuboklar va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kabi ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting