«Liverpul» Salohga «PSJ»dan oʻrinbosar topdi
«Liverpul» Muhammad Salohga munosib o‘rinbosar qidirmoqda va kerakli nomzod «PSJ» safidan topilgandek.
Caught Offside nashrining yozishicha, misrlik hujumchining eng real o‘rnini bosuvchi sifatida parijliklar vingeri Bredli Barkolya ko‘rilmoqda.
Avvalroq Saloh klub rahbariyati hamda bosh murabbiy Arne Slotni hurmatsizlikda ayblab, jamoa ichida mojaro keltirib chiqargandi.
Maʼlumot uchun, Barkolya 23 yoshda, u «PSJ» safida 2023 yildan beri to‘p suradi. Joriy mavsumda fransiyalik vinger klub miqyosida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va yana beshta golga hammualliflik qildi. Futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oxirigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Bredlining bozor qiymatini 70 million yevro deb baholamoqda.