locale OZ

«Liverpul» Salohga oʻrinbosar sifatida ikki nafar nomzodni koʻrib chiqmoqda

Bunga misrlik hujumchining kelajagi borasidagi noaniqlik sabab boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Salohga oʻrinbosar sifatida ikki nafar nomzodni koʻrib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

«Liverpul» skautlari «Bornmut» hujumchisi Antuan Semenyo hamda «Nyukasl» vingeri Entoni Gordon oʻyinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Football Insider nashrining xabariga koʻra, mersisaydliklar ushbu futbolchilarga boʻlgan qiziqishni kuchaytirgan. Bunga Muhammad Salohning kelajagi borasidagi noaniqlik sabab boʻlgan.

Manbaga koʻra, «qizillar» Semenyo va Gordonning raqib jarima maydoniga faol kirib borish mahoratini hamda hujum chizigʻining bir nechta pozitsiyalarida oʻynay olish qobiliyatini qadrlamoqda.

Maʼlumot uchun, Semenyo joriy mavsum barcha turnirlarda 9 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Gordon esa 10 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting