locale OZ

«Liverpul» Saloh o‘rniga Uilyamsni sotib olmoqchi

Biroq futbolchining narxi qimmatligi bitim amalga oshishiga jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Saloh o‘rniga Uilyamsni sotib olmoqchi
ФОТО: Getty images

“Liverpul” rahbariyati Muhammad Salohning ehtimoliy ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Dailysports nashri xabar berishicha, mersisaydliklar Saloh ketadigan bo‘lsa, uning o‘rniga “Atletik” vingeri Niko Uilyamsni sotib olmoqchi.

Biroq futbolchining narxi balandligi bitim amalga oshishiga jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda 23 yoshli ispaniyalik futbolchi “Atletik” bilan shartnomasini 2035 yil iyun oyi oxirigacha uzaytirgan. Ushbu kelishuvda 95 million yevro miqdoridagi to‘lov evaziga sotib olish bandi mavjud.

Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda Niko barcha musobaqalarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting