locale OZ

«Liverpul» Saloh o‘rniga braziliyalik iqtidorni nishonga oldi

Rayanning shartnomasida taxminan 153 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Saloh o‘rniga braziliyalik iqtidorni nishonga oldi
ФОТО: Getty images

“Liverpul” “Bornmut” vingeri Rayanga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, mersisaydliklar 19 yoshli braziliyalik futbolchini Muhammad Salohning uzoq muddatli o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

Yangi bosh murabbiy Andoni Iraola “Bornmut”da ishlagan vaqtida Rayan bilan hamkorlik qilgan va uning imkoniyatlarini juda yuqori baholagan. Ispaniyalik mutaxassis futbolchining kelajagiga ishonadi va uning katta salohiyatga ega ekanini ta’kidlagan.

Manbaga ko‘ra, “Liverpul” Rayanga Angliyaga ko‘chib o‘tishidan avval ham qiziqqan. Biroq joriy yilning yanvar oyida “Bornmut” “Vasko da Gama”dan futbolchini tezroq o‘z safiga qo‘shib olgan.

Yosh vinger Premer-ligaga tez moslashdi. U mavsumning ikkinchi qismida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Rayanning shartnomasida taxminan 153 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan. Biroq ushbu band faqat 2027 yildan boshlab kuchga kiradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting