«Liverpul» Rodrigoni 50–60 million yevro evaziga sotib olishga tayyor
Futbolchining jamoa bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” klubi “Real” hujumchisi Rodrigoga bo‘lgan qiziqishini yana qayta tikladi. Bu haqda Defensa Central nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Mersisayd klubi Muhammad Salahning kelajagi borasidagi noaniqlik sababli yana braziliyalik futbolchi variantiga murojaat qilmoqda.
Ingliz klubi Rodrigo uchun 50–60 million yevro to‘lashga tayyor.
Rodrigo joriy mavsumda klub safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining jamoa bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist