locale OZ

«Liverpul» Robertson bilan muzokara o'tkazmoqda

Futbolchi klubda qolishga qaror qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Robertson bilan muzokara o'tkazmoqda
ФОТО: Getty images

“Liverpul” rahbariyati chap qanot himoyachisi Endryu Robertson bilan yangi shartnoma imzolash borasida muzokara olib bormoqda. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, shotlandiyalik 31 yoshli futbolchi mersisaydliklar safida qolishga tayyor. Tomonlar kelishuv muddatini yana bir yilga uzaytirishni rejalashtirmoqda va muzokaralar davom etmoqda.

Milos Kjerkez sotib olinganiga qaramay, rahbariyat Robertsonga ishonch bildirishda davom etmoqda.

Futbolchining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi.

Eslatib o'tamiz, Robertson “Liverpul” safida 2017 yil yozidan beri o'ynamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting