«Liverpul» rahbariyati Slotga ishonishda davom etmoqda – manba
Amaldagi chempion so‘nggi 12 uchrashuvning 9 tasida mag‘lub bo‘ldi.
ФОТО: Getty images
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot klub rahbariyatining qo‘llab-quvvatlashidan bahramand bo‘lishda davom etmoqda.
Chempionlar ligasining 5-turida PSV Eyndhovendan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (4:1) uning pozitsiyasi o‘zgarmadi, deb xabar beradi Daily Mail nashri.
Qayd etish joizki, Angliyaning amaldagi chempioni so‘nggi 12 uchrashuvning 9 tasida mag‘lub bo‘ldi.
Chempionlar ligasining besh turidan so‘ng “Liverpul” to‘qqiz ochko jamg‘arib, hozirda 13-o‘rinda bormoqda. Slot shogirdlari keyingi turda Milaning “Inter” jamoasi bilan kuch sinashadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist