locale OZ

«Liverpul» Pulishichga qiziqish bildirmoqda

AQSH terma jamoasi aʼzosining «Milan» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Pulishichga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Liverpul» klubi Italiyaning «Milan» jamoasi hujumchisi Kristian Pulishichning transferi bo‘yicha qiziqish bildirmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Mersisaydliklar AQSH terma jamoasi a’zosining «Milan»dagi holatini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning yillik maoshi 4 million yevroni (qo‘shimcha 1 million yevro bonuslar bilan) tashkil etadi.

Shuningdek, «Milan» kelashuvni bir tomonlama tartibda 2028 yilgacha uzaytirish huquqiga ega. Skiraning qayd etishicha, Pulishich Milandagi faoliyatidan mamnun bo‘lsa-da, u klubdan yangi shartnoma taklifini kutgan, biroq «rossonerilar» rahbariyati hozircha bu masalada tashabbus ko‘rsatmagan.

Joriy mavsumda 27 yoshli futbolchi Italiya chempionatida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, uning hisobida Italiya Kubogi doirasidagi 3 ta o‘yinda kiritilgan 2 ta gol ham bor.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting