«Liverpul» PSV yarim himoyachisiga qiziqmoqda
Uning PSV bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
PSV yarim himoyachisi Paul Vanner «Liverpul»ning kelajakdagi transfer maqsadlaridan biriga aylandi.
Transfer News Live nashri jurnalist Kristian Falk ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, mersisaydliklar tarkibni kelajak uchun kuchaytirish variantlarini o‘rganmoqda va 20 yoshli avstriyalik futbolchi ham nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan.
Transfermarkt Vannerning bozor qiymatini 22 million yevroga baholamoqda. Uning PSV bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.
Vanner 2025 yil yozida «Bavariya»dan 15 million yevro evaziga Eyndxoven klubiga ko‘chib o‘tgan. U PSV safida jami 40 ta uchrashuv o‘tkazib, beshta gol va beshta golli uzatma muallifi bo‘lgan.